Mandrake Linux

           O'rnatish Yo'l-Yo'riqlari - Mandrake Linux 10.0

   Talab qilinadi
     * Pentium yoki unga mos protsessor
     * CDROM drayv
     * Kamida 32 MB RAM, 64 MB tavsiya qilinadi

   Mandrake Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini
   drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir.
   1-usulga qarang.

   QAYD:

     * Agar Mandrake Linuxning 7.x, 8.x yoki 9.x
       versiyalarini yangilasangiz, eski sistemangizning ehtiyot
       nusxasini olib qo'yishni unutmang.
     * Eskiroq (7.0dan oldingi) versiyalarni yangilash MUMKIN EMAS.
       Bunday holda yangilash emas, sistemani boshidan qayta
       o'rnatishingiz lozim.

============================================================================

   Quyida Mandrake Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan:

    1. To'g'ridan-to'g'ri CD yordamida boot qilish
    2. Windowsda boot floppi diski yaratish
    3. O'rnatishning boshqa usullari

============================================================================

  1. To'g'ridan-to'g'ri CD yordamida boot qilish

   O'rnatish CDROMi bootabledir. Ko'pincha CDni drayvga qo'yib, kompyuterni
   qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan yo'l-yo'riqlarga
   amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini bosing,
   yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing.

   QAYD:

   Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema CDdan boot qilmasligi mumkin.
   Shu hol ro'y bersa, ikkinchi CDdan boot qilishga urinib ko'ring: u
   ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda
   CDni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi CD ham boot qilmasa, boot floppi
   tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing.

============================================================================

  2. Windowsda boot floppi diski yaratish

   Agar kompyuteringiz CDROMdan boot qilolmasa, quyidagi usulda Windowsda
   boot floppi yaratishingiz lozim:

     * CDROMni qo'ying, keyin "My Computer" ikonini oching va CDROM
       drayv ikoniga o'ng-kliklab, "Open" ni tanlang
     * "dosutils" katalogiga boring va "rawwritewin" ikoniga
       ikki-kliklang       
     * floppi drayviga bo'sh floppi disk qo'ying
     * "Image File" fieldida "D:\images\cdrom.img" faylini tanlang
       (CDROM drayvingiz "D:" bo'lsa shu fayl tanlanadi, aks holda
       "D:" o'rniga kerakli harfni yozing)
     * "Floppy Drive" fieldida "A:"ni tanlab, "Write"ni kliklang.

   O'rnatishni boshlash uchun:

     * CDROMni drayvga, boot floppini ham o'z drayviga qo'ying, keyin
     * kompyuterni qayta boshlang.

============================================================================

  3. O'rnatishning boshqa usullari

   Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sizga
   to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pcmcia qurilmadan o'rnatmoqchi
   bo'lsangiz, yoki...), boot floppi yaratishingiz lozim:

     * Linux (yoki boshqa zamonaviy UNIX sistemasida) promptda yozing:
       $ dd if=xxxxx.img of=/dev/fd0
     * Windowsda 2-usulda yozilgandek yarating, faqat cdrom.img o'rniga
       xxxxx.img (pastroqqa qarang) ishlating.
     * DOSda, CD drayvingiz D: deb olsak, bunday yozasiz:
       D:\> dosutils\rawrite.exe -f images\xxxxx.img -d A

   buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir:

  +---------------+----------------------------------------------------+
  | cdrom.img     | CD-ROMdan o'rnatish                                |
  |---------------+----------------------------------------------------|
  | hd.img        | hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki       |
  |               | ReiserFS fayl sistemasida)                         |
  |---------------+----------------------------------------------------|
  | network.img   | ftp/nfs/http dan o'rnatish                         |
  |---------------+----------------------------------------------------|
  | pcmcia.img    | pcmcia qurilmalardan o'rnatish                     |
  |---------------+----------------------------------------------------|
  | hdcdrom_usb.img                                                    |
  |               | USBga ulangan hard-disk yoki cdromdan o'rnatish    |
  |---------------+----------------------------------------------------|
  | network_gigabit_usb.img                                            |
  |               | gigabit yoki USB adapterli tarmoqdan o'rnatish     |
  |---------------+----------------------------------------------------|
  | blank.img     | mavjud Linux kernelingiz yordamida o'rnatish       |
  +---------------+----------------------------------------------------+

   `blank.img' faylini ishlatish uchun barcha zarur qo'llashlarni kernel
   imagega (modul sifatida emas) qo'shib, o'zingiz kerakli Linux
   kernelini quring. Keyin, `blank.img' faylidan floppi yaratgach,
   "vmlinuz" kernel imageingizni floppiga nusxalang.

============================================================================

   Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo
   paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun Mandrake
   Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda "text" deb yozing.

   Agar mavjud Mandrake Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa,
   O'rnatish CDROMi (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandrake
   Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda "rescue" deb yozing.

   Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring:
   http://www.linux-mandrake.com/drakx/README

============================================================================

  O'rnatishning asosiy bosqichlari quyidagilar:

    1. O'rnatish CDROMini (yoki lozim bo'lsa O'rnatish floppi diskini)
       drayvga qo'ying va kompyuteringizni qayta boshlang.
    2. Mandrake Linux birinchi ekrani paydo bo'lganda [Enter] ni bosing
       va diqqat bilan yo'l-yo'riqlarga amal qiling.
    3. O'rnatish tugallangach CD-ROM chiqariladi, uni oling (boshqa
       floppi disklar drayvda bo'lsa ularni ham); kompyuteringiz qayta
       boshlanadi. Agar bunday qilgisi kelmasa, uni o'zingiz qiling.
    4. Mandrake Linux boshlanadi. Sistema paydo bo'lgach, o'rnatish
       vaqtida qo'yganingiz yuzer sifatida, yoki "root" sifatida
       kompyuterga login qiling.

   Muhim qayd:

   "root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi. Undan
   Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning. Har kungi
   foydalanish uchun normal yuzer accountidan foydalaning, uni "userdrake"
   asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari yordamida sozlash mumkin.

                     Mandrake Linux bilan ishlashda omad tilaymiz !

============================================================================

   Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring:

     * E-Yordam http://www.mandrakeexpert.com/ 

     * Mandrake Xato-Tuzatishlar http://www.mandrakelinux.com/en/errata.php3 

     * Mandrake Xavfsizlik Maslahatlari http://www.mandrakesecure.net/en/advisories/ 

     * Onlayn Dokumentatsiya http://www.mandrakelinux.com/en/fdoc.php3 

     * Mandrake Klubining Onlayn Bahs Forumlarini o'qing va ishtirok eting:
       http://www.mandrakeclub.com/

     * Mailing Listlar http://www.mandrakelinux.com/en/flists.php3 

     * Oson Izlanadigan Mailing List arxivlari http://marc.theaimsgroup.com/ 

     * Internetdan Google yordamida izlash http://www.google.com/ 

     * Usenet Groupsdan Google Groups yordamida izlash
       http://groups.google.com/

============================================================================